SAG‘BON TURAR JOY majmuasi

8 500 000 SO‘M/M²

logo-gh
logo-sag-text

«Sag‘bon» — bu zamonaviy texnologiyalar asosida ekologik va energiya tejovchi g‘ishtdan qurilgan, ikkita to‘qqiz qavatdan tashkil topgan Golden House'ning komfort toifadagi turar joy majmuasidir.

Sag‘bon turar joy majmuasini tanlashning 5 sababi

Yangicha
nigoh

Majmua loyihasi shunday ishlanganki, uylarning joylashuvi to‘rtburchak shaklini hosil qiladi va uning ichida bolalar o‘yin maydonchalari bilan shinam yashil hudud shakllantiriladi.

Joylashuv

«Sag‘bon» turar joy majmuasi Olmazor tumadi, Guruch Ariq mahallasi, Sag‘bon 10-tor ko‘chasida, Kichik Halqa Yo‘li va Qorasaroy ko‘chalari kesishmasida joylashgan — bu hammaga Eski shahar nomi bilan tanilgan Toshkentning tarixiy markazi hisoblanadi. Majmua yaqinida islom madaniyatining muhim joylari: Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘rta Osiyodagi birinchi islom sivilizatsiyasi markazi va jome masjidlar, shu jumladan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistondagi eng yirik jome masjidiga aylanadigan yangi «Islomobod» masjidi va boshqalar joy olgan.

Salomatlik

Tibbiyot muassasalari sizga o‘z sog‘lig‘ingizni tiklashga va kasalliklarni oldini olishga yordam beradi. Turar joy majmuasi yaqinida Medical care service, Parents Holiday, Zilola, Doctor lor, Galenika, Estetika P. H. Clinic kabi xususiy tibbiyot markazlari; shuningdek 17-sonli oilaviy poliklinika, 2-sonli tug‘ruq majmuasi, Tez tibbiy yordam punkti, Toshkent shahar sil va klinik pulmonologiya klinik shifoxonasi va boshqalar mavjud. «Istiqlol» stadionida esa siz sport bilan shug‘ullanishingiz va o‘z sog‘lig‘ingizni mustahkamlashingiz mumkin.

Ta’lim

Farzandli oilalar uchun barcha kerakli narsalar yaqinda bo‘lgani juda muhim, ayniqsa maktab va bolalar bog‘chasi. Yaqin atrofda 28, 159, 185, 133-sonli maktablar joylashgan. Bolalar bog‘chasi majmuadan 10-15 daqiqa yurish masofasida joylashgan. Aynan mana shuning uchun turar joy hududida o‘zimizning bog‘chamizni yaratishga qaror qildik. Bir necha kollej va akademik litseylar, xususan Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston milliy universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari uzoqda joylashmagan.

Savdo nuqtalari

«Sag‘bon» aholisi uchun xaridlar qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomobilda 5 daqiqalik uzoqlikda Makro supermarketi, 5 va 7 daqiqa uzoqlikda esa Qoraqamish va Chorsu bozorlari joylashgan. Bundan tashqari, piyoda yurish masofasida ko‘plab do‘konlar mavjud: oziq-ovqat do‘konlaridan tortib texnika tovarlari va to‘y ko‘ylaklari do‘konlarigacha.

Ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar

Oilaviy sayrlar uchun «Nurafshon» bog‘i juda qo‘l keladi, yaqin masofada Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i joylagan. Majmuadan bir kilometr radiusda ko‘plab kafe va restoranlar faoliyat olib boradi. Ularning istalganida «Sag‘bon» aholisi mazali va ajoyib taomlardan tanovvul qilishlari, turli millatlarning g‘aroyib milliy taomlaridan lazzatlanishlari mumkin.

Butun
koinot
mujassam

Ta’mir

«Sag‘bon» TJMdan xonadon xarid qilib, to‘liq ta’mir tufayli Siz mablag‘laringiz va eng asosiysi — vaqtingizni tejab qolasiz. Mebel va boshqa jihozlarni olib kirib, yangi uyingizda do‘stlaringizni taklif qilsangiz kifoya.

Oshxona mutlaq
bepul!

Oshxona sotib olayotganda, agar barcha jihatlar inobatga olinmasa, ko‘pchilik unga ortiqcha xarajat qilib qo‘yishi mumkin. Ammo bizda hammasi o‘zgacha – «Sagbon» turar joy majmuasidan xonadon xarid qilganingizda, oshxonani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritasiz!

Xonadon maydoni va loyihasidan kelib chiqqan holda, taqdim etiladigan oshxonaning kattaligi rasmda ko‘rsatilgan oshxonaning kattaligidan farq qilishi mumkin.

Sizning 1 xonali xonadoningiz
291 978 000 so‘mdan boshlab

Sizning 2 xonali xonadoningiz
409 556 000 so‘mdan boshlab

Sizning 3 xonali xonadoningiz
513 500 000 so‘mdan boshlab

Sizning 4 xonali xonadoningiz
674 430 000 so‘mdan boshlab

Sizning xonadoningiz
shu yerda joylashgan